Foto: Daryo.uz
OʻzAning xabar berishicha, yoʻl transport hodisalarining oldini olish, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamda huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelib chiqish sabablarini aniqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan dasturlar doirasida kunning qorongʻi qismida kelgusida maktab oʻquvchilari, veloyoʻlakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamentining maʼlum qilishicha, maktab oʻquvchilari homiylik koʻmaklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan taʼminlanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling