Foto: Tez News
Samarqand viloyatida “Audi” ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 2023-yil 1-yanvar kuni soat 21:30 larda Samarqand tumani Usta Umar Joʻraqulov koʻchasida sodir boʻlgan. Unga koʻra, “Audi” avtomobili yoʻlga yugurib chiqqan ikki nafar piyodani urib yuborgan. Sodir boʻlgan YTH oqibatida piyodalar vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda“Neksiya-2” toʻrt kishini urib yuborgani va ularning barchasi halok boʻlgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling