Jizzaxdagi koloniyadan o'ta og'ir jinoyat sodir etgan ikki nafar mahkum qochib ketdi

Hozirda JIED tomonidan tartibbuzarlik sodir etib, manzil koloniya hududidan ketib qolgani uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda

Foto: Open source

Foto: Open source

Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi 3-mintaqaviy hudud 30-son manzil-koloniyasidan qochib ketgan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgani ikki nafar mahkum qidirilmoqda, deya xabar bermoqda IIV xuzuridagi Jazoni ijro etish departamenti axborot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, 4-yanvar kuni 1986-yilda tugʻilgan mahkum sogʻligi sababli Zafarobod tumani Tibbiyot birlashmasining “Terapeya” boʻlimiga davolanish uchun yotqizilgan boʻlishiga qaramasdan soat 22:30 larda tibbiyot birlashmasining 3-qavat 1-xonasidan ruxsatsiz noʼmalum tomonga ketib qolganligi aniqlangan. Xuddi shu kuni soat 23:15 larda muassasada oʻtkazilgan koʻrik vaqtida  1992-yilda tugʻilgan mahkumning ham koloniya hududida yoʻqligi aniqlangan.

Hozirda JIED tomonidan tartibbuzarlik sodir etib, manzil koloniya hududidan ketib qolgani uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Departament axborot xizmati rahbari Zoyir Yoʻldoshevning taʼkidlashicha, manzil-koloniyadan qochish jinoyat emas, tartibbuzarlik sanaladi. Bu yerda mahkumlar qoʻriqlanmaydi, ammo nazoratda saqlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling