Foto: FVB
Namangan viloyatining Namangan tumanida xonadonlarning birida gaz portlashi sodir boʻldi, deya xabar qilmoqda viloyat FVB.
13-yanvar kuni soat 02:30 larda Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazidan olingan maʼlumotga koʻra, Namangan tumani “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi xonadonlarning birida portlash sodir boʻldi.
Portlash oqibatida xonadon egasi, 30 yoshli ayol 70 foiz hamda u bilan birga yashovchi 10 yoshli oʻgʻli 8 foiz kuyish tan jarohati oldi. Portlashdan soʻng yongʻin sodir boʻlmagan, uyning derazasi joyidan koʻchgan.
Portlash sababi oʻrganilganda yashash uyiga oʻrnatilgan oʻtin va tabiiy gazga moslashtirilgan tunika isitish pechiga tabiiy gazdan foydalanishi va gaz joʻmragi ochiq qolgani, buning natijasida fuqaro chiroqni yoqish oqibatida gaz va havo aralashmasi tufayli chaqnash sodir boʻlgani aniqlangan.
Voqea joyiga yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling