Sirdaryoda soliqchi pora sifatida tilla taqinchoq olayotganda ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryoda soliq boshqarmasining mansabdor xodimi pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Viloyat Soliq boshqarmasining shoʻba boshlig‘i zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxona go‘yoki 1 mlrd so‘mdan yuqori savdo aylanmasini yashirib, majburiy to‘lovdan bo‘yin tovlagani vaji bilan, unga nisbatan sunʼiy shakllantirilgan 145 mln so‘m jarimani qo‘llamaslikni vaʼda qiladi.

Shuningdek, kelgusi faoliyatida rahnamolik qilishni aytgan.

Buning evaziga korxona rahbaridan qiymati 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni olgan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling