Foto; Mavinck.com
20-fevral kuni Surxondaryo viloyati Termiz davlat universitetining 4-kurs talabasi amaliyot oʻtayotgan bankda mijozning bank kartasidan 75,7 mln soʻm pul yechib olgani aytilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz”ga xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, 17-fevral kuni Termiz shahrida yashovchi fuqaro uning bank kartasidan 75,7 mln soʻm yechib olinganini aytib, IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ushbu jinoyatni 1997-yilda tugʻilgan 4-kurs talabasi sodir etgan boʻlishi mumkin. U bank filiallaridan birida amaliyot oʻtayotgan vaqtida reja tuzib, bank tizimi orqali notanish shaxs nomidagi kartani faollashtirgani gumon qilinmoqda. Keyinchalik pullarni turli bankomatlar orqali naqdlashtirib olgani aytilgan.
Hozirda 26 yoshli fuqaroga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, fuqaro BHMning 300 baravarigacha miqdorda jarima toʻlashi yoki 3−5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling