Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun 31 ta OTMda darslar boshlanish vaqti o'zgardi

Ushbu o'zgarishlar metro bekatlariga yaqin OTMlar uchun qo'llaniladi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

9-yanvardan Toshkentda metro bekatlarga yaqin joylashgan 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti oʻzgartiriladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur qaror poytaxt metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.

Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorda keltirilishicha, tegishli taʼlim muassasalarida ish grafigi maqbullashtirilgandan soʻng tigʻiz vaqtlarda metropolitenda yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling