O‘zbekistonda Rossiyaning PROMOMED biofarmatsevtika kompaniyasi ish boshladi

Kompaniya portfelida diabet va semizlik, onkologik kasalliklar, asab tizimi kasalliklari va boshqalarni davolash uchun preparatlar mavjud.

Bugungi kunda sog‘liq masalasi har qachongidan ham muhim. Qandli diabet, ortiqcha vazn, yurak-qon tomir va boshqa surunkali kasalliklar ko‘payib borayotgan bir paytda, sifatli va zamonaviy dori vositalariga ehtiyoj ham ortmoqda. Ana shunday vaqtda O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga Promomed kompaniyasining kirib kelishi muhim voqea bo‘ldi.

Promomed qanday kompaniya?

Promomed — bu 20 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan yirik biofarmatsevtika kompaniyasi. Kompaniya dori vositalarini shunchaki sotib olib tarqatmaydi, balki sinovdan o‘tkazadi o‘zi ishlab chiqadi.

Uning o‘z ilmiy laboratoriyalari, tadqiqot markazlari va zamonaviy zavodlari mavjud. Mutaxassislar yangi dori formulasini yaratishdan tortib, uni ishlab chiqarish va bemorlarga yetkazishgacha bo‘lgan barcha jarayonni o‘zlari nazorat qiladi. Shu sababli kompaniya ishlab chiqargan dorilar sifat va xavfsizlik bo‘yicha xalqaro talablariga javob beradi.

20 yillik faoliyati davomida Promomed yuzlab dori vositalarini yaratdi. Bugungi kunda kompaniya diabet, semirish, onkologiya, asab tizimi, og‘riq qoldiruvchi va yuqumli kasalliklar uchun mo‘ljallangan dorilarni ishlab chiqaradi.

Ayrim dori vositalari boshqa bozorlarda muqobiliga ega bo‘lmagan, ya’ni noyob preparatlar hisoblanadi. Bu esa kompaniyaning ilm-fan va innovatsiyaga qanchalik katta e’tibor berishini ko‘rsatadi.

Nega farmatsevtika talab ortmoqda?

Bugun odamlar oldingidan ko‘ra uzoq umr ko‘rmoqda, biroq surunkali kasalliklar ham ko‘paymoqda. Diabet va semirish endi faqat yoshi katta odamlarda emas, balki yoshlar orasida ham uchrayapti.

Shifokorlar ta’kidlashicha, kasallikni erta aniqlash va to‘g‘ri dori bilan davolash asoratlarning oldini oladi. Shu sababli zamonaviy, ishonchli va samarali dorilar har qachongidan ham muhim.

Bundan tashqari, farmatsevtika sohasi mamlakat uchun ham strategik ahamiyatga ega. Mahalliy va ishonchli hamkorlar bilan ishlash dori ta’minotida uzilishlarning oldini oladi va sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlaydi.

O‘zbekistonda nimalarni taklif qilmoqda?

Hozirda O‘zbekiston dorixonalarida Promomed farmatsevtika kompaniyasining dori vositalari mavjud. Ular 2-tur qandli diabetni davolashga va ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, kompaniya mahalliy shifokorlar bilan birga semirishga qarshi kurash dasturi ustida ishlamoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda shifokorlar va aholi uchun tushuntirish va o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Rossiya farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda uzoq muddatli faoliyat olib borishni maqsad qilgan. Kelgusida kompaniya diabet va semirish uchun yangi dorilarni, saraton kasalligiga qarshi preparatlarni bosqichma-bosqich olib kirishni rejalashtirmoqda. Sifatli dori vositalari va mutaxassislar bilan hamkorlik esa aholining sog‘lom hayot kechirishiga xizmat qiladi.

Reklama huquqlari asosida

Yangiliklar