Foto: e-auksion.uz
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi akademiyasi bino va inshootlari auksionga chiqarildi. Bu haqda maʼlumotlarida keltirilgan.
E-auksion saytida keltirilgan maʼlumotga koʻra, umumiy maydoni 9 560 kv.m boʻlgan binoda suv, elektr, gaz va kanalizatsiya mavjud.
Lotning boshlangʻich narxi 171,5 mlrd soʻm, zakalat puli esa 8,5 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Auksion 20-fevral kuni 10:00 da oʻtkaziladi hamda arizalar shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling