Foto: Telegram
Oʻzbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli ayni kunlarda tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kuzatilib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda “Qishloq qurilish bank” matbuot xizmati xabar qildi.
“Ayozli kunlarda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirishda imkon qadar yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz”, — deyiladi bank xabarida.
Shuningdek, bank oʻz xabarida mijozlardan tun-u kun ishlaydigan yopiq ofislarining eshiklarini ochiq qoldirmasliklarini soʻragan. Bu shoxobchalardagi bankomat, konditsioner va boshqa texnik vositalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling