Fuqaroga tegishli videoni tarqatmaslik uchun undan 30 ming dollar talab qilgan shaxslar qo'lga olindi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan

Foto:  Prokuratura Departamenti<br>

Foto:  Prokuratura Departamenti

Navoiyda fuqaroni obroʻsizlantirmoqchi boʻlib, unga tegishli videoni tarqatib yubormaslik uchun 30 ming dollar talab qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazilgan.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida ikki nafar shaxs oʻzaro til biriktirib, boshqa bir fuqaroning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan video tasvirlarni oila aʼzolari hamda yaqin tanishlariga koʻrsatish bilan qoʻrqitib, ushbu tasvirlarni tarqatmaslik evaziga 30 ming dollar talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling