Foto: Open source
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida fuqaroni sharmanda qiluvchi soxta foto va videotasvirlar tayyorlab, ularni Telegram kanallarida taqatib, uni oʻchirish evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi.
IIV Kiberxavfsizlik markazi xabariga koʻra, 38 yoshli B.U.ning arizasiga asosan olib borilgan surishtiruv ishlari natijalariga koʻra, ushbu jinoyatni Dehqonobod tumanida yashovchi 38 yoshli M.R. hamda 76 yoshli fuqaro N.S.lar sodir etilganligi aniqlandi.
Ular foto va videolarni oʻchirib tashlash evaziga B.U.dan 8 mln soʻm pul talab qilgan.
Hozirda jinoyat sodir etgan M.R. va N.S.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qonunga muvofiq, M.R. va N.S. lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling