Foto: Videodan lavha
Davlat bojxona qoʻmitasining OʻzAga maʼlum qilishicha, dekabr oyida Oʻzbekistonga keltirilgan “Dok-1 Maks” dorisining uchta partiyasi, yaʼni salkam 60 ming qutisi qatʼiy nazorat ostida saqlanmoqda.
Bundan tashqari, ushbu dorining ilgari keltirilgan ikkita partiyasi ham DBQ omborida ushlab turilibdi.
Bojxona organlari tomonidan salbiy holatlar kuzatilgan ilk kunlardanoq dori vositasini erkin muomalaga chiqarmaslik boʻyicha barcha choralar koʻrilgan va hozirda qatʼiy nazorat ostida.
Eslatib oʻtamiz, 22-dekabr kuni Oʻzbekistonda “Dok-1 Maks” dori vositasining savdosi toʻxtatilgan edi. Uning tufayli 19 bola halok boʻldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling