Prezident vaziyatni o'nglash bo'yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi

Bosh vazir va energetika vaziriga mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam koʻrsatadigan tizim yaratish topshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati<br>

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan yigʻilish doirasida davlat rahbari vaziyatni oʻnglash boʻyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

Xususan, Bosh vazir A.Aripov va energetika vaziri J.Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam koʻrsatadigan tizim yaratish topshirildi.

Kelgusida bunday vaziyatga yoʻl qoʻymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, yaʼni qayerda gaz boʻlmasa, suyultirilgan gaz yoki koʻmir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qoʻyildi.

Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qoʻyildi.

Energiya taʼminotida qayerda uzilish boʻlgan boʻlsa, uning sabablarini koʻrsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling