Foto: Repost.uz
O‘zbekiston hududiga 9-yanvar kuni Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” .
9-11-yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
9-10-yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
10-15-yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari -12, -17 daraja sovuq, kunduz kunlari -5, -8 daraja sovuq, shimolda kechalari -17, -22 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Foto: O'zgidromet
Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda -25, -27 darajaga sovuq, kunduz kunlari -7, -10 darajaga sovuq, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari -2, -5 darajagacha pasayadi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling