Oʻzbekistonlik terrorchi Moldovada qoʻlga olindi

U Kishinyov shahridan Toshkentga ekstraditsiya qilinadi.

Foto: IIV

Foto: IIV

Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari boshchiligida diniy-ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun qidirilayotgan jinoyatchi Kishinyov shahridan Toshkentga yetkazildi, deya xabar bermoqda IIV Matbuot xizmati.

Unga koʻra, hibsga olingan shaxs Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib, xalqaro ekstremistik tashkilotga qoʻshilgan va u yerda terrorchilik harakatlarini sodir etish va tayyorlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarda ishtirok etib, tashkilot yetakchilaridan biriga aylangan edi.

Jinoyatchini qoʻlga olish Toshkent va Kishinyov Interpol Milliy Markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor - axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.

Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstraditsiya masalasi ijobiy hal etilganidan soʻng, qidirilayotgan shaxs sud oldida javob berish uchun Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling