Videodan kadr
Avvalroq, Buxoro shahrida jamoat transportida qizbolaga tegajogʻlik qilgan yigit haqida xabarlar tarqalgani hamda Buxoro viloyat IIB holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borayotgani haqida xabar bergandik. Viloyat IIB oʻrganish natijalarini maʼlum qildi.
Oʻrganish davomida avtobusda qizbolaga shilqimlik qilgan yigitning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Tekshiruv davomida erkakning bu harakatida MJtKning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari oʻzining toʻliq tasdigʻini topgan.
“Soat birlar atrofida avtobusda bilmasdan nojoya harakat qildim, Kechirim soʻrayman. Bu holat boshqa takrorlanmaydi”, - deydi sudlanuvchi erkak.
Toʻplangan hujjatlar sudda koʻrib chiqilgan. Sud hukmiga koʻra, erkakka nisbatan 15 sutga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling