Foto: ifmr.uz
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (WHO) va BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Oʻzbekistondagi maktablarning 13 foizida qoʻlni sovun va suv bilan yuvish uchun sharoit boʻlmagan. Maktablarning 83 foizi toza ichimlik suvi, 78 foizi esa sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan.
PMTI hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonda aholining 41 foizi chuqur kovlama koʻrinishidagi hojatxonalardan foydalanadi, qishloqlarda bu koʻrsatkich 50 foizdan yuqori. Uy xoʻjaliklarining faqat 16 foizigina markazlashgan oqova tizimga ulangan, shaharda bu koʻrsatkich 27 foizni, qishloq joylarida 2 foizni tashkil etmoqda.
Foto: ifmr.uz
Qayd etilishicha, dunyo miqyosida 2,5 milliard kishi sanitariya talabiga javob bermaydigan hojatxonadan foydalanadi. Qishloq joylarda sanitariya talablariga javob beruvchi hojatxonalarni qurish diareya bilan kasallanish holatlarini 30-50 foizga kamaytiradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling