Huquq-tartibot idoralari tomonidan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi “Oʻzavtoyoʻlbelgi” davlat unitar korxonasi faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
“Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq, “Oʻzavtoyoʻlbelgi”ga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tanlov savdolarini oʻtkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.
Ammo, DUK mansabdor shaxslari 2021-2022-yillarda oʻzlariga tanish boʻlgan 5 ta mahalliy MCHJ bilan jami 9 mlrd 193 mln soʻmlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yoʻl belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd 701 mln soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.
Holat yuzasidan “Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUK va 5 ta MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling