Videodan lavha
Namangan viloyatida xizmat olib borayotgan YPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, 4P-112 Fargʻona xalqa avtomobil yoʻlining 20 kilometrida xizmat olib borayotgan Namangan viloyati YHXB YPX 5-safarbarlik guruhi xodimlariga yoʻl chetida toʻxtab turgan Cobalt avtomashina ichidan ayol kishi tushib, kelinini tugʻrquxonaga olib borishda koʻmak soʻragan.
Ayol xizmat mashinasida olib ketilayotgan vaqtda holati yomonlashgan, bola tugʻilishi yaqinlashayotganini sezgan xodimlar tez yordamni ham kutmay tugʻruqxona tomon harakatni davom ettirgan. Ammo chaqaloq manzilga yetib ulgurmay YPX avtomobilida dunyoga kelgan.
Shifokorlar tomonidan zudlik bilan koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida ona va qizning salomatligiga hech qanday ziyon yetmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling