Nukusda 3 yoshli qizini 1,5 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi

Qizaloq hozirda mehribonlik uyiga joylashtirilgan.

Videodan kadr

Videodan kadr

Qoraqalpogʻistonda uch yoshli qizini 1,5 ming dollarga sotayotgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Nukus shahrida 2001-yilda tugʻilgan ayol oʻzining 2020-yilda tugʻilgan qizini pulga sotayotgan vaqtda tegishli idora vakillari tomonidan dalillar bilan qoʻlga olingan.

Aniqlanishicha, ayol bugungi kunda ishsiz boʻlib, farzandining otasi bilan ajrashgan va qizini oʻz qaramogʻida boqib kelgan.

Hozirda holat yuzasidan JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, qizaloq hozirgi kunda mehribonlik uyiga joylashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling