Foto: Instagram
2022-yil oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda birinchi marta Jahongir Xoʻjayev va Asal Abdullayeva tez orada farzandli boʻlishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bugun, 11-yanvar kuni mashhurlar qiz farzandli boʻldi. Bu haqda ularning oʻzlari rasman eʼlon qilganicha yoʻq. Lekin mashhurlarning yaqinlari ularni Instagram ijtimoiy tarmogʻida farzandli boʻlgani munosabati bilan tabriklashgan.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning mart oyida poytaxtdagi toʻyxonalarning birida Jahongir Xoʻjayev va Asal Abdullayevalarning nikoh marosimi boʻlib oʻtgan edi.