Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi togʻ yoʻlida harakatlanayotgan avtomobildan qizlar harakat vaqtida tanalarini oynadan chiqarib olganligi aks etgan videolar tarqalgan edi.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat Nexia 3 avtomobilini Toshkent shahrida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan ayol fuqaro boshqarayotgan vaqtida sodir etilgan.
Yoʻlovchilarni hayotini xavf ostiga qoʻydirib, ularning tana qismini transport vositasidan chiqarishiga yoʻl qoʻyganligi uchun haydovchiga MjtKning 128-5-moddasiga koʻra, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qolaversa, oʻrganishlar davomida transport vositasini muddatidan oʻtgan 5 ta qoidabuzarlik yuzasidan undirilmagan jarimalar borligi aniqlanib, avtomobil vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda xavfli harakatlarni amalga oshirib, qoidabuzarlik sodir etgan 2 fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling