Videodan kadr
Toshkent shahrida giyohvand moddalari savdosi bilan shugʻullangan 4 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qoʻlga olingan fuqarolarning ikki nafari Oʻzbekiston, 2 nafari esa Tojikiston va Qozogʻiston fuqarolari boʻlishgan. Ulardan 12,8 kg “opiy” va 27,05 kg “gashish” narkotik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tezkor tadbir davomida mazkur shaxslar DXX xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, voqea joyidan qochishga urinishgan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling