Videodan kadr
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyatida maktab oʻquvchilari oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, bolalar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv Qorovulbozor tumanida 25-yanvar kuni sodir boʻldi.
Mazkur hodisa Qorovulbozor tumani ichki ishlar boʻlimida belgilangan tartibda qayddan oʻtkazilib, masʼul xodimlar tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tekshiruv natijalariga koʻra, ushbu holat tumandagi 8-sonli umumtaʼlim maktabining 8 va 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida sodir boʻlgan. Hozirda hodisa ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilgan boʻlib, tashqi tomondan bolalarning birortasida tan jarohati alomatlari mavjud emas.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling