Toshkentda yo'l bo'yidagi obyektlar oldida pullik "parkovkalar" tashkil qilinadi

Toshkent shahrining koʻchalarida jami 10 ming oʻrinli avtomobillarning yoʻl boʻyi pullik avtomobil toʻxtash joylari tizimi davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida barpo etiladi

Foto: Ijtimoit tarmoqlar<br>

Foto: Ijtimoit tarmoqlar

Toshkentda yoʻl boʻyidagi obyektlar oldida pullik “parkovkalar” tashkil qilinadi. Bu haqda muhokamaga qoʻyilgan Toshkent shahrida transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yoʻl harakatini raqamli boshqarish tizimini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida prezident qarori loyihasida qayd etilgan.

Loyihada mavjud yoʻl – koʻcha tarmogʻi parametrlaridan, yoʻl boʻyida joylashgan obyektlar, savdo shoxobchalari, kafelar kabi obyektlar joylashgan koʻchalarda pullik yoʻl boʻyi avtomobillarni toʻxtab turish joylari tizimi joriy etilishi koʻzda tutilgan.

Mazkur obyektlarga qisqa vaqtga kelib ketadiganlar uchun maʼlum chegaralangan vaqt davomida pul olinmaydi, yaʼni yoʻl boʻyidagi savdo rastalaridan xarid qilish uchun toʻxtab, 15 daqiqa davomida avtomobillarni toʻxtab turish joylarini boʻshatib qoʻygan avtotransport vositalaridan pullik avtomobil toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun pul undirilmaydi.

Yoʻl boʻyi pullik avtomobil toʻxtab turish joylari tizimi shahar markazidan boshlab, vaqtga bogʻlangan tariflar boʻyicha kamayib boradigan yagona tizimga bogʻlanadi, hamda foydalanuvchilar uchun qulay toʻlov tizimi vositalari, mobil ilovalar orqali oldindan joyni band qilish, boʻsh joylar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish kabi imkoniyatlar yaratiladi.

Ushbu tizimga shahar markazida, yirik bozorlar, savdo markazlari oldida tashkil etiladigan avtomobillarning yoʻl boʻyi pullik avtomobil toʻxtash joylari, yirik transport bogʻlamalari, metroning oxirgi va yoʻlovchi oqimi yuqori boʻlgan bekatlari va shaharga asosiy kirish joylari yonida tashkil etiladigan avtoturargohlar, aholi yashash joylarida tashkil etiladigan ochiq avtomobil saqlash joylari tarmoqlari kiritilishi kerak.

Toshkent shahrining koʻchalarida jami 10 ming oʻrinli avtomobillarning yoʻl boʻyi pullik avtomobil toʻxtash joylari tizimi davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida barpo etiladi.

Tizimni barpo etish jarayonida yoʻl boʻyi pullik avtomobil toʻxtash joylariga yondosh hududdagi piyoda yoʻlaklarini taʼmirlash va velosiped yoʻlaklari tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling