Foto: Repost.uz
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12-yanvar kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.
Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi -17..-19, kunduzi -9..-11 daraja sovuq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi -20..-25, Ustyurtda -27..-30, kunduzi -12..-17 daraja sovuq boʻladi.
Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi -18..-23, kunduzi -8..-13 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi -15..-20, choʻl hududlarida -27..-30, kunduzi -7..-12 daraja sovuq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi -12..-17 daraja, baʼzi joylarda -20 darajagacha, kunduzi -5..-10 daraja, baʼzi joylarda -12 darajagacha sovuq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi -8..-13 daraja, baʼzi joylarda -15 darajagacha, kunduzi -3..-8 daraja sovuq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi -8..-13, kunduzi -3..-8 daraja sovuq boʻladi.
Togʻli hududlarda havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻib, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi -20..-25, kunduzi -10..-15 daraja sovuq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling