Aktrisa Luiza Rasulova onasi bilan birga kaltaklangani aytildi

Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy izoh bedi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Avvalroq aktrisa Luiza Rasulovaning murojaati aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur voqea joriy yilning 9-mart kuni soat 15:00 atrofida Toshkent shahar Chilonzor tumanida sodir boʻlgan.

Chilonzor-6 dahasidagi koʻp qavatli uylardan birining uyboshisi 1959-yilda tugʻilgan A.R. (Luiza Rasulovaning onasi) va shu koʻp qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan oʻquv muassasasi rahbari 1971-yilda tugʻilgan B.Ch. bilan oʻzaro nizo kelib chiqqan.

Nizoning sababi A.R. koʻp qavatli uyning umumiy kirish eshigiga kodli qulf qoʻyib, ikkinchi qavatda joylashgan oʻquv muassasasiga kelgan oʻquvchilarni kirishiga toʻsqinlik qilgan. Shu orada B.Ch. fuqaro A.R. ni qoʻlidan tortgan vaqtida A.R. va uning qizi Luiza Rasulova yerga yiqilgan.

L.Rasulova va uning onasiga tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun shifoxonaga yotqizilgan. A.R.da “ensa sohasi yumshoq toʻqimalarini lat yeyishi”, L.Rasulovada “oʻng bilak va oʻng tizza sohasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi” jarohatlari borligi aniqlangan.

Fuqaro B.Ch. profilaktika inspektori tomonidan ushlanib, yaqin oradagi IIBga olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar