Foto: YHXX
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati 2022-yilda respublika hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalar haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, oʻtgan yili 9 902 ta YTH sodir etilgan. 2086 ta holatda oʻlim bilan YTH sodir etilgan. Sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari natijasida 2356 nafar inson vafot etgan boʻlsa, 9606 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Eng koʻp yoʻl-transport hodisalar belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan (1 577). Eng kam YTH svetofor yoki yoʻl belgisi oʻrnatilmaganligi sababli kelib chiqqan (214).
9 902 ta YTHlarning 345 tasi ayollar, 9 557 tasi erkaklar tomonidan sodir etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling