Navoiyda “Afrosiyob” poyezdi 1000 ga yaqin qo'ylar podasini urib ketdi

Mazkur holat qoʻylar egasi qoidalarni buzganligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga yetkazilgan zarar uchun maʼmuriy jazoga tortildi

Videodan kadr

Videodan kadr

“Afrosiyob” poyezdi temir yoʻldan oʻtayotgan qoʻylarni urib yuborgani aks etan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ munosabat bildirdi.

Unga koʻra, joriy yilning 24-yanvar kuni “Toshkent – Buxoro” yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 770-sonli “Afrosiyob” poyezdi “Malikobod” va “Qiziltepa” bekatlari oraligʻida harakatlanayotganda, qoʻylar podasidan bir necha bosh qoʻylarni urib yuborgan.

Aniqlanishicha, 1000 ga yaqin qoʻy podasi temir yoʻlni notoʻgʻri joyda kesib oʻtib, himoya panjarasini buzib oʻtgan. Lekin voqea joyidan 300 metr uzoqlikda chorva mollarini haydash uchun maxsus ajratilgan joy mavjud boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Qoʻylar egasi qoidalarni buzganligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga yetkazilgan zarar uchun maʼmuriy jazoga tortilgan.

Hozirda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati tomonidan mazkur hudud boʻylab qoʻshimcha panjara (ikki qavatli toʻsiq) oʻrnatib, eski panjaralarni tiklash va qoʻshimcha panjaralarni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling