Toshkent shahar hokimi lavozimida vaqtincha ishlab kelgan Baxtiyor Rahmonov yangi lavozimga tayinlandi

Toshkent hokimligining amaldagi rahbari Shavkat Umurzoqov Baxtiyor Rahmonovni yangi lavozimga tayinladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Rahmonov Baxtiyor Sultonovich Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu boʻyicha Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan Shavkat Umurzoqov qaror qabul qildi.

Eslatib oʻtamiz, Baxtiyor Rahmonov bundan avval Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling