Foto: Repost.uz
Oʻzbekiston hududlari boʻylab dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 13-yanvar kuni Oʻzbekiston hududi Qozogʻistonning sharqiy hududlari ustida joylashgan keng va juda sovuq antitsiklonning janubi-gʻarbiy chekkasida (periferiya) joylashgan.
Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida qatlamsimon bulutlardan baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Havo harorati kunning ikkinchi yarimda -7...-12 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni havo harorati kechasi -12...-17 daraja sovuqni, baʼzi joylarda 20o sovuqgachani, kunduzi -5...-10 daraja sovuqni, baʼzi joylarda -12 daraja sovuqgachani tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, u antitsiklonning sovuq periferiyasini ortga sura boshlaydi.
Yakshanba kuni havo biroz iliqlashadi, kechasi -12...-17 daraja sovuq, kunduzi -5...-10 daraja sovuq boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Buning hisobiga yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
“Oʻzgidromet ehtiyot boʻlishni tavsiya qiladi. 13-16-yanvar kunlari qor koʻchishi xavfi ortishi sababli togʻli hududlarga borish tavsiya etilmaydi”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling