Sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov yangi lavozimga tayinlandi

Endi Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga rahbarlik qiladi

Foto: TIV

Foto: TIV

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabrdagi farmoyishi bilan Vladimir Imomovich Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi. Bu haqda Institutning Telegram kanalida xabar berildi.

MICA Prezident tashabbusi bilan 2020-yilda tashkil etilgan. Bu Markaziy Osiyoda sivilizatsiya xilma-xilligi va barqaror rivojlanishning zamonaviy jarayonlarini fanlararo tadqiq qilish bilan shugʻullanuvchi mintaqadagi yagona davlat ilmiy-tadqiqot muassasasidir.

Eslatib oʻtamiz, 30-dekabr kuni Vladimir Norov Oʻzbekiston TIV rahbari lavozimidan ozod etilgani maʼlum boʻlgan edi. U bu lavozimda 2022-yilning aprelida tayinlangandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling