O'zbekistonda 18 yoshga to'lmaganlar ishlashi mumkin bo'lmagan kasblar ro'yxati e'lon qilindi

Xususan, ular ta’mirlash-qurilish ishlarida, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektronika sanoatida ishlashi taqiqlanadi

Foto: Mehnat.uz<br>

Foto: Mehnat.uz

Oʻzbekistonda 18 yoshga toʻlmaganlar ishlashi mumkin boʻlmagan kasblar roʻyxatti eʼlon qilindi. Bu haqda tasdiqlanishi kutilayotgan 2022-yil 28-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq ushbu roʻyxat Vazirlar Mahakamasi tegishli qarorda qayd etilgan.

Roʻyxatga koʻra, voyaga yetmaganlar mehnatidan quyidagi ishlarda foydalanishi taqiqlanadi:

  • togʻ ishlarida, metro, tunnellar va maxsus yer osti inshootlari qurilishida;
  • geologiya qidiruv va topografiyageodeziya ishlarida;
  • metallurgiya sanoatida;
  • issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatishda (energetika xoʻjaligi);
  • quduqlarni qazish, neft va gazni qazib olishda;
  • neft, gaz, koʻmir, neft moylari va surtmalarini ishlab chiqarishda, magistral neft quvurlari, gaz quvurlari va neft bazalarida ishlashda;
  • kimyoviy ishlab chiqarishda;
  • neftkimyo sanoatida;
  • mikrobioligik ishlab chiqarishda;
  • dori-darmon, tibbiyot, bakteriy va biologik preparat va mahsulotlar ishlab chiqarishda;
  • mashinasozlik va metallarni qayta ishlashda;
  • uchuvchi apparat, dvigatel va ularning jihozlarini taʼmirlashda;
  • elektrotexnika sanoatida;
  • radiotexnika va elektronlar ishlab chiqarish;
  • qurilish materiallari sanoatida;
  • keramik mahsulotlarni ishlab chiqarishda;
  • farfor va fayans buyumlarini ishlab chiqarishda;
  • shisha va shisha buyumlarini ishlab chiqarishda;
  • qurilish, montaj va taʼmirlash-qurilish ishlarida;
  • yogʻochni qayta ishlab chiqarishda;
  • toʻqimachilik sanoatda;
  • yengil sanoatda;
  • oziq-ovqat sanoatida;
  • poligrafiya ishlab chiqarishida;
  • transport barcha turlarining umumiy kasblari;
  • badiiy va zargarlik buyumlari, musiqa asboblari ishlab chiqarishda;
  • sogʻliqni saqlash muassasalarining shifokorlarning-mehnat ekspertizasi, veterinar muassasalar, medisina, ilmiy tekshirish va oʻquv muassasalari, bakteriya va virus preparatlari korxonalari va farmasevtik fabrikalarida.

Maʼlum qilinishicha, mazkur qaror 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi va manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling