O‘zbekiston Ruanda bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Ushbu mamlakat diplomatik aloqa o‘rnatgan 167-davlatga aylandi.
Saidov Ruanda tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Olivye Nduhungirehe bilan birgalikda diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladi.
Shuningdek, ikki davlat TIVLari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini o‘rnatish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi ham imzolandi.