Toshkentda metro poyezdi tagiga oʻzini tashlashga uringan shaxs ushlab qolindi

Fuqaro ruhiy kasal bo'lgan

Foto: IIV

Foto: IIV

Toshkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida baxtsiz hodisaning oldi olindi.

Gap shundaki, 20-fevral kuni soat 19:20 larda metroning “Chilonzor” bekatida poyezdga chiqqan 1997-yilda tugʻilgan Toshkent shahrida yashovchi D.O. “Paxtakor” bekatiga kelgan vaqtida oʻz joniga qasd qilish niyatida oʻzini poyezd tagiga tashlashga uringan. Mazkur bekat platformasida xizmat olib borayotgan Metropolitenda XTB Saf boʻlinmalari ikkinchi batalyon, safdor xodimi, safdor A.Dalaboyevning hushyorligi va tezkorligi sabab uning hayoti saqlab qolingan.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, fuqaro D.O. 2016-yildan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida shizofreniya tashxisi bilan roʻyxatda turgan. Onasi F.A. voqea joyiga chaqirtirilib, D.O. unga sogʻ-salomat holda topshirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling