Hazorasp tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ruslan Jumaniyazov mazkur tayinlovga qadar Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

Xorazm viloyatining Hazorasp tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ruslan Jumaniyazov xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U mazkur tayinlovga qadar Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling