Videodan kadr
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 10-mart kuni soat 21:25 larda Oqdaryo tumani “Oʻzbekiston” mahallasida yashagan 18 yoshli talaba qiz Oqdaryo tumani va Samarqand tumanini bogʻlab turuvchi Qoradaryo koʻprigidan oʻzini suvga tashlab joniga qasd qilgan.
Marhumaning oʻlim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling