Foto: Teznews
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 23 yoshli kelin adirlik hududida oʻziga benzin quyib, yoqib yubordi. Bu haqda Repost.uzʻga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumanning“Birlashgan” MFY Savob koʻchasida yashovchi 1999-yilda tugʻilgan ayol A.R. “Navoiy” MFY oʻramida joylashgan adirlik hududida borgan va u yerda oʻziga benzin quyib oʻzini yoqib yuborgan. Shu vaqtda ayol atrofda boʻlgan odamlar tomonidan qutqarib qolinib, shifoxonaga olib ketilgan.
Tibbiy maʼlumotga koʻra, R.A.ning badani alangadan kuyib ketgan. Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 7-mart kuni shifoxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda oʻz joniga suiqasd qilgan A.R.ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, qaror ijro etishlik uchun yuborilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling