Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi

O'limga is gazi sabab bo'lishi mumkin

Foto: Namangan FVB

Foto: Namangan FVB

Namangan viloyati Chust tumanida 8 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

8-yanvar kuni soat 11:20 larda tumanning “Yorqishloq” MFYdagi xonadonlarning biridan 8 va 3 yoshli oʻgʻil bolalar sogʻligʻi yomonlashgani sababli tuman tibbiyot xodimlari tomonidan shifoxonaga olib kelingan. 8 yoshli bolaga tuman tibbiyot birlashmasida birinchi yordam koʻrsatilishiga qaramasdan vafot etgan.

Xabarga koʻra, oʻlim sababi aniqlanmoqda. Yakuniy xulosa sud med tibbiy ekspertizasidan soʻng beriladi.

Hozirda sodir boʻlgan xolat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar xonadoningizni isitish maqsadida gaz, elektr, koʻmir, oʻtin va boshqa yoqilgʻilardan foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling