Foto: Telegram
Kiyev viloyatidagi Brovari shahrida vertolyot qulashi oqibatida 18 kishi halok boʻldi. Bu haqda Ukraina IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ukraina milliy politsiyasi rahbari Igor Klimenkoning soʻzlariga koʻra, halokatga uchragan samolyot Ukraina Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli boʻlgan.
“Avariya natijasida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati: vazir, vazirning birinchi oʻrinbosari va davlat kotibi halok boʻldi. Hozirda jami 16 kishi halok boʻlgan, ulardan ikki nafari bolalar", — deydi u.
Foto: BBC
Maʻlum qilinishicha, yana 22 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 10 nafari bolalar ekani aytilmoqda.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar vazirliga tegishli vertolyot 18-yanvar kuni soat 08:10 larda halokatga uchragan. Taxminlarga koʻra, tuman vaqtida uchish apparati bolalar bogʻchasi va turar joy binosi orasiga qulashi natijasida yongʻin kelib chiqqan.
“Kuchli portlash natijasida bogʻcha binosi va uylardan biriga shikast yetgan”, — deydi shahar rahbari Igor Sapojko.
Ukraina Milliy politsiyasi boshligʻi igor Klimenkoning maʼlum qilishicha, aviahalokat oqibatida ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy halok boʻlgan. Shuningdek, uning soʻzlariga koʻra, vertolyot ichida boʻlgan ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Yenin va davlat kotibi Yuriy Lubkovich ham halok boʻlgan.
Maʻlum qilinishicha, falokat sabablari hozircha maʼlum emas.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling