Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan sakkizta hujjat imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, taʼlim, transport, sogʻliqni saqlash, kadrlar, shu jumladan davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar qabul qilindi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy sheriklik hamda ikki mamlakat prokuraturalari oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling