Foto: Tata Steel Chess
29-yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida Tata Steel Chess-2023 musobaqasi yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati.
Musobaqaning soʻnggi turida Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Yorden van Foreyestga qarshi oʻynadi va imkoniyatni boy berdi. Umumiy hisobda u musobaqani 8 ochko bilan yakunladi.
Musobaqa gʻolibligi 8,5 ochko toʻplagan mezbon Anish Giriga nasib qildi.
Boshqa bir oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov esa Challengers guruhining 13-turida Tomas Berdsenni magʻlubiyatga uchratib, ochkolari sonini 8,5 taga yetkazdi hamda guruhda 3-oʻrinni egalladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling