Videodan lavha
Hujjatlarni soxtalashtirib 6 marotaba sudlangan sobiq bojxona xodimi yana qayta firibgarlik jinoyatini sodir etdi. Firibgar Bojxona qoʻmitasi, Milliy gvardiya va FVVning muhr va shtamplarini oʻzlashtirib, qalbaki hujjat tayyorlagan.
Maʼlum qilinishicha, 41 yoshli fuqaro avval Bojxona qoʻmitasida ish yurituvchi lavozimida ishlagan. Oʻsha joyning muhr va shtamplarining namunalarini oʻzlashtirgan. Oxirgi marotaba JIB Uchtepa tuman sudi hukmiga koʻra, 5 yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Qolaversa, Milliy Gvardiya va FVV mansabdor shaxslarining imzo, muhr va shtamplarini soxtalashtirgani maʼlum boʻlgan.
Aniqlanishicha, sudlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlamasada, Milliy gvardiya harbiy qismi xodimi ekanligi koʻrsatilgan 2021-yil 28-aprel sanasi bilan 2020-2021-yillardagi ish haqi va rekvizitlarga soxta muhr, shtamp va masʼul shaxsning imzosini qalbakilashtirib, muayyan huquqni beruvchi rasmiy hujjatni tayyorlagan. U ushbu hujjatlar asosida bankdan 25 mln soʻm kredit olishga erishgan. Bank xodimi esa u hujjatlarni qalbaki va skaner ekanligini bilib qolgan.
Mazkur holatlar yuzasidan sud ishi JIB Uchtepa tuman sudida koʻrib chiqildi va unga nisbatan 5 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling