Foto: open source
Rossiyaning Nenes avtonom okrugida An-2 yengil samolyoti muzlab qolishi tufayli keskin qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bortda ikki nafar ekipaj aʼzosi va oʻn nafar yoʻlovchi boʻlgan. Voqea joyiga qorda harakatlanadigan mashinalar va vertolyotda quruqlikdagi guruh yuborilgan”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok boʻlgani aytilmoqda.
Tirik qolganlardan biri Rossiya favqulodda vaziyatlar xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, hodisa haqida maʼlumot bergan. Hodisaga samolyotning muzlashi sabab boʻlgani aytilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling