Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi

Xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus ta‘sis etilgan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Samarqandda bugun “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva forum ishtirokchilariga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatini yetkazdi.

Ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus ta‘sis etilgan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling