Foto: Teznews
Samarqand viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 2023-yil 17-mart kuni soat 05:00 da Kattaqoʻrgʻon tumani “Madrasa” mahallasida yashagan A.R.ning uyidagi tabiiy gazga moʻljallangan isitish pechini ehtiyotsizligi bilan notoʻgʻri oʻt oldirganligidan qisqa muddatli chaqnash kuzatilgan. Natijada, A.R. va uning turmush oʻrtogʻi K.F. hamda 2 nafar nabirasi 50-60 foiz kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
2023-yil 26-mart kuni K.F. va ikkala voyaga yetmagan nabiralar RSHTYOIM Samarqand filialida vafot etishgan. Ertasi kuni esa A.R. Kattaqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling