Foto: Toshkent shahar IIB
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, 2022-yilning 12 oyi mobaynida poytaxtda 1200 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Hisobot davrida YTH oqibatida halok boʻlganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan.
Unga koʻra, YTHlarning 32,5 foizini piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar tashkil etadi. Bolalar ishtirokida 169 ta YTH sodir boʻlgan. Buning oqibatida 56 nafar voyaga yetmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari vafot etgan.
Tezlikni oshirish oqibatida 370 ta YTH sodir boʻgan. 143 nafar haydovchi svetoforning qizil chirogʻidan oʻtgan. 8 ta baxtsiz hodisa avtomobil rulida oʻtirgan shaxslarning mast holatda boʻlganligi sababli sodir boʻlgan. 73 ta YTH jiddiy oqibatlarga olib kelgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling