Chet elda ota-onasiz qolib ketgan 43 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi

Chet elda ota-onasiz qolib ketgan 43 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi

Foto: t.me/ombudsmanuz

Foto: t.me/ombudsmanuz

Oʻtgan yilda chet elda ota-ona qaramogʻisiz qolib ketgan 43 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova maʼlum qildi.

2022-yil mobaynida Bola huquqlari boʻyicha vakil nomiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi toʻgʻrisida jami 696 ta murojaatlar qabul qilingan. Aliment olish huquqiga doir 29 ta murojaatni oʻrganish davomida 2022-yil davomida Bosh prokuratura tomonidan 71 nafar tarbiyalanuvchilarga ota-onalaridan 389,3 mln. soʻm aliment undirib berilishi taʼminlangan.

2021-2022-yillarda jami ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moʻljallangan 21 ta bolalar muassasasi faoliyati tugatilgan.

Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 139 ta oilaviy bolalar uylari tashkil etilgan boʻlib, ularda 822 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

2022-yil davomida Rossiya Federatsiyasidan jami 37nafar,r Qozogʻiston Respublikasidan 4nafar,r Turkiya davlatidan 2 nafar voyaga yetmaganlar jami 43 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarib olib kelingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling