Ilon Mask itni Twitter bosh direktori etib tayinladi

Biznesmen Flokining "ish uchun juda mos" ekanligiga ishonchi komil.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Amerikalik biznesmen Ilon Mask itni Twitter’ning bosh direktori etib “tayinladi”. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tadbirkorning aytishicha, Floki ismli yangi bosh direktor raqamlarni yaxshi biladi va o'ziga xos uslubga ega. Ilon Maskning ishonchi komilki, it bu ish uchun "juda mos keladi".

Avvalroq tadbirkor Twitter’ni unga beradigan o‘rinbosar topa olmaganidan shikoyat qilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling